
“Qizilqum”ning Antaliyadagi raqiblari ma’lum
“Qizilqum” klubi Antaliyada o‘tkazilayotgan yig‘inda 4 ta o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi.
Xabaringiz bor, Nikola Lazarevich boshchiligidagi “oltin izlovchilar” klubi yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Antaliyada yig‘in o‘tkazmoqda. Ushbu yig‘in davomida jamoa 4 ta o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etishi ko‘zlangan. Mazkur bellashuvlarning sanasi va raqiblarning nomlari bilan to‘liq tanishing.
10 fevral "Qizilqum" - "Leviy Bereg" (Ukraina)
14 fevral "Qizilqum" — "Samgurali" (Gruziya)
18 fevral KXDR terma jamoasi — "Qizilqum"
22 fevral "Qizilqum" — "Dordoy" (Qirg‘iziston)
Fikrlar