
"Qizilqum" etakchilaridan biri klubni tark etishga yaqin
Tez orada Superligamizda yozgi transfer oynasi ochiladi. Hozirdan jamoalar va shu bilan birga futbolchilar yangi rejalarni tuzishmoqda. Chunki birinchi davra nihoyasiga etgach, tarkiblarda o‘zgarishlar kuzatiladi. Saytimiz orqali jamoalarda yuz berishi mumkin bo‘lgan yangiliklar borasida siz muxlislarni boxabar qilib kelmoqdamiz.
Jumladan, Navoiyning “Qizilqum” jamoasida ham o‘zgarishlar kuzatiladi. Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, aftidan “Qizilqum”ning etakchi futbolchilaridan biri Shaxboz Jo‘rabekov katta ehtimol bilan klubni tark etadiganga o‘xshamoqda.
Ma’lumki, 27 yoshli futbolchi joriy mavsum avvalida navoiyliklar safiga qo‘shilgandi. Yodingizda bo‘lsa, u “Qizilqum”dagi debyutini muvaffaqiyatli boshlagan. Toshkentda “Bunyodkor”ga qarshi uchrashuvda 1:3 hisobida g‘alaba qozonishgan. Jo‘rabekov esa gol urgan va golli uzatmani ham amalga oshirib, uchrashuvning eng yaxshi futbolchisiga aylangan. Shuningdek, 6-turda “Qizilqum”ning “Neftchi”ga qarshi bahsida ham Shahboz gol muallifi bo‘lgan va unda 1:1 hisobi kuzatilgan.
Xullas, Jo‘rabekov hozirgacha 12 ta bellashuvda 2 ta gol 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi va bir bor ogohlantirilgan. Himoyachi ekanini hisobga olsak, uning “Qizilqum”dagi ko‘rsatkichlari juda yaxshi.
Birinchi davra yakuniga etganidan so‘ng Jo‘rabekov masalasi uzil-kesil hal qilinadi. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.
Fikrlar