
Qizil kartochka, avtogol... "Real" qiyin o‘yinda "Betis"ni engdi (video)
Ispaniya La Ligasining 3-turida “Real” safarda “Betis” mehmoni bo‘ldi.
Sevilyadagi o‘yin shiddatli va gollarga boy kechdi. Yakunda esa, Zinedin Zidan shogirdlari 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Madridliklar safida gollarni Federiko Valverde (14') va Serxio Ramos (82') kiritdi. “Betis” a’zosi Emerson Aparesido kiritgan avtogoli esa “Qirollik klubi”ga yordam berib yubordi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar