
Qishki sport turlari. Figurali uchish bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida g‘oliblar aniqlandi
“Humo arena” muz saroyida figurali uchish bo‘yicha mamlakat chempionati o‘z yakuniga etdi. 23-25 may kunlari o‘tkazilgan musobaqada 30 nafarga yaqin sportchi g‘oliblik uchun kurash olib bordi.
Asosiy e’tibor yigitlar va qizlar o‘rtasidagi yakkalik dasturiga qaratildi. Unda Azizmurod Shabazov hamda Niginabonu Jamoliddinova eng yuqori ball bilan mamlakat chempionligini qo‘lga kiritishdi. Musobaqa davomida quyidagi yo‘nalishlarda g‘oliblar aniqlandi:
Yigitlar:
1. Azizmurod Shabazov
2. Timur Zokirov
3. Timur Zayagin
Qizlar:
1. Niginabonu Jamoliddinova
2. Amaliya Sulaymonova
3. Ekaterina Tertichnaya
O‘smir qizlar:
1. Sofiya Vidrina
2. Sevinch Rahimova
3. Kristina Gorshenina
Sport juftligi:
1. Jamshid Toshmuhamedov va Anastasiya Sazanova
Muz ustida raqs:
1. Konstantin Li va Sofiya Burieva
Boshlang‘ich klassifikatsiya:
1. Sofiya Lim
2. Ellina Rahmatullaeva
O‘rta klassifikatsiya:
1. Latifaxon Shoisaeva
2. Benazir Baxtiyorova
Yuqori klassifikatsiya:
1. Varvara Korotkova
2. Latifa Davletyarova
3. Darya Sviridova
Manba: MOQ
Fikrlar