
Qirg‘iz Respublikasi va Eronga qarshi uchrashuvlarning hakamlari ma’lum
Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi mart oyida 2026 yilgi Jahon chempionati 3-saralash bosqichi doirasida Qirg‘iz Respublikasi va Eron terma jamoalariga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
O‘zbekiston – Qirg‘iz Respublikasi uchrashuvini yaponiyalik Yusuke Araki boshqarib boradi, unga qanotlarda hamyurtlari Yun Mihara va Kota Vatanabe yordam beradi. 4-rasmiy hakam sifatida Ryo Tanimoto, VARda esa Yumpei Lida ishlaydi.
Shuningdek, Eron – O‘zbekiston uchrashuvi o‘monlik hakamlar brigadasiga ishonib topshirilgan. Bosh hakam – Ahmad Abu Bakar al-Kaf, unga qanotlarda Abu Bakar Al-Amri va Rashid Hamid Al-Gaiti yordam beradi. 4-rasmiy hakam Qosim Matar Al-Hatmi, VAR hakami esa singapurlik Muhammad Taqi bin Jahari.
Fikrlar