Qirg‘iz Respublikasi bosh murabbiyi: "Bu musobaqada o‘ynash biz uchun sharaf!"

  • 19 iyun, 2023, 12:33
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"CAFA Nation's Cup" turniri o‘zining hal qiluvchi pallasiga etib keldi. Ertaga musobaqaning 3-o‘rin uchun va final bahslari bo‘lib o‘tadi. Mazkur o‘yin oldidan Qirg‘iz Respublikasi jamoasi bosh murabbiyi Shtefan Tarkovich o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 

Tecno

"Hammaga hayrli kun! Bu musobaqada o‘ynash biz uchun sharaf. Ayniqsa, bronza medali uchun kurashishni intiqlik bilan kutyapmiz. 

Ummon kuchli jamoa. Shunga qaramay, biz bor kuchimiz bilan g‘alaba uchun maydonga tushamiz. G‘olib bo‘lish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishimiz kerak.

Men tarkibda futbolchilarning munosabatini tushunishim kerak. Hozir rivojlanishning to‘g‘ri yo‘lidamiz, deb hisoblayman. Mashg‘ulotlarda yanada yaxshiroq ishlashimiz kerak. So‘nggi o‘yinda maqsadimizga etish uchun bu muhim faktor.

Biz muammolarimizni tahlil qilib chiqdik. Futbol faqat himoya yoki hujumdan iborat emas. Biz har tomonlama yaxshiroq harakat qilishimiz lozim. 

Osiyo futboli bilan tanishman. Bu erda jamoalarning qanday o‘ynashi, o‘yin uslublari haqida ko‘p bo‘lmasada, ma’lumotga egaman. Futbolchilar bilan birgalikda biz o‘sib bormoqdamiz. Raqiblarda ham shu jarayon davom etayotganini payqash qiyin emas", - dedi mutaxassis.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!