
Qilichbozlik. Qoraqalpog‘istonlik sablyachilar mamlakat chempionatida tengsiz!
Toshkentda qilichbozlik bo‘yicha 23 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida mamlakat chempionati boshlandi. Reglamentga muvofiq, musobaqani sablyachilarning yakkalik dasturidagi chiqishi ochib berdi.
Keskin va murosasiz kechgan bahslarda qoraqalpog‘istonlik sportchilar Zaynab Dayibekova hamda Musa Aymuratov g‘alaba qozonib, ayni paytda ushbu yo‘nalishda tengsiz ekanliklarini yana bir karra ko‘rsatishdi. G‘olib va sovrindorlar:
Yigitlar:
1. Musa Aymuratov
2. Appamis Urakboev
3. Fazilbek Genjebaev
3. Farhod Naurizboev
Qizlar:
1. Zaynab Dayibekova
2. Guliston Perdibaeva
3. Ayako‘z Jumamuratova
3. Dilnaz Usnatdinova
Manba: MOQ
Fikrlar