
Qaysarligim tufayli “Arsenal”ni tanlayman, lekin “Siti” chempion bo‘ladi!
“Manchester Yunayted”ning sobiq himoyachisi va sardori Gari Nevill Angliya Premer-ligasining 2025-2026 yilgi mavsumida qaysi jamoa bosh sorvinni qo‘lga kiritishi haqidagi savolga javob berdi.
- Men “Arsenal”ni tanlayman. Bu shunchaki, qaysarligimdan kelib chiqqan tanlov. Aslida esa, “Manchester Siti” chempirn bo‘ladi, deb hisoblayman, - dedi Gari Nevill.
Ta’kidlash lozimki, “Manchester Siti” Angliya futboli tarixida birinchi bor ketma-ket to‘rt yil chempion bo‘lganidan keyin, o‘tgan mavsum bosh sovrinni “Liverpul”ga boy berdi. Biroq aksariyat mutaxassislar Xosep Gvardiola transferlar orqali yana jamoasini jangovar holatga keltirib olganini e’tirof etyapti.
Futbol tahlilchilarining ko‘pchiligi yangi mavsumda chempionlikka asosan “Liverpul”, “Manchester Siti” va “Arsenal” da’vogarlik qilishini ta’kidlayapti.
Fikrlar