
Qat’iy talab: Husanov, “Real”ga qarshi o‘ynasin!
Qishki transferlar davrida, aniqrog‘i 20 yanvar kuni “Lans”dan “Manchester Siti”ga transfer qilingan Abduqodir Husanov yangi jamoasi safida ikkita musobaqada debyut qilib ulgurdi.
Angliya Premer-ligasidagi ilk uchrashuvini “Chelsi”ga qarshi o‘tkazgan hamyurtimizni bosh murabbiy Xosep Gvardiola Angliya kubogi 1/16 finalida “Leyton Orient” klubiga qarshi ikkinchi bo‘limda maydonga tushirdi.
Husanov bu bahsda jamoaga ancha moslashib qolgani, birinchi uchrashuvdagi xatolaridan keyin o‘ziga ishonchini yo‘qotib qo‘ymagani, imkoniyat berilsa, o‘zini ko‘rsata olishini isbotladi.
Tajribali Jon Stounz bilan o‘yinning ikkinchi yarmida himoya markazini mustahkam ushlagan legionerimiz 56-daqiqada gol urib, jamoasi o‘yinida burilish yasadi.
“Manchester Siti” qiyin o‘tgan uchrashuvda 2:1 hisobida zafar quchib, keyingi bosqichga yo‘llanma oldi.
Endi “shaharliklar”ni o‘ta qiyin bahs kutib turibdi. Manchesterliklar UEFA Chempionlar ligasining pley-off bosqichi o‘tish o‘yinida eng nufuzli musobaqaning amaldagi g‘olibi “Real” bilan kuch sinashadi.
Jamoaning butun dunyo bo‘ylab yoyilgan muxlislari Abduqodir Husanov haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirar ekan, o‘zbek futbolchisiga Chempionlar ligasida ham ishonch bildirish kerakligini talab qilmoqda.
Sports.uz portali o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga legionerimiz haqida “Manchester Siti”ning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida bildirilayotgan fikr-mulohazalarni havola etadi.
Sydney Wise:
Abduqodir Husanov himoyada mustahkam o‘ynadi, oldingi chiziqda ham!
Joseph Methu:
Husanov Jek Grilishdan kuchli ekan.
Langat Feliki Felix:
Shu o‘yinchi jamoamizga kelganidan xursandmiz!
Timmy Joel:
Bu futbolchi haqiqatan ham xatosini xotiramizdan o‘chirib tashladi.
Nuru Adamu Adamu:
Husanovni yangi jamoadagi birinchi goli bilan tabriklaymiz.
Luke Taylor:
Bizga juda yaxshi o‘yinchi kelibdi!
Kiting Nasution:
Bu o‘yinchi vaqtida keldi. Jamoa oyoqqa turadigan davr boshlandi.
Man Junior:
Husanov haqiqatan foydali va yaxshi o‘yinchi ekaniga ishondim.
Ãrçhxéń Thé Míńd Véx:
Husanovga maydonda ko‘proq vaqt berish kerak, chunki yaxshi o‘yinchi ekan.
Engkima Chawngthu:
Abduqodirning salohiyati bor ekan, boshqa o‘yin va musobaqalarda undan ko‘proq foydalanish shart.
Khaya Prince Maseko:
Juda muhim golni urdi.
Faby Andriamanarintsoa:
Husanovni tabriklayman. Barchamiz Abduqodir “Real”ga qarshi asosiy tarkibda o‘ynashini istaymiz. Unga imkon bering!
Raftöñé Kartël:
O‘ziga ishonchi baland ekan! Balli!
Cabdi Qaasim Karaama:
Endi men unga ishonaman, yaxshi himoyachi ekan.
Chimwemwe Msiska:
Husanov zo‘r! Jamoa himoyasi ishonchli qo‘llarda ekan. Marmush ham tez orada gol urishni boshlab yuboradi. Ular yordamida Evropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqsak, bu mavsum biz uchun eng zo‘ri bo‘ladi.
Valerie Constantino:
Husanov jamoamizning bo‘lajak sardori. Avvalroq, gol urishini aytgandim. Shunday bo‘ldi. Bu o‘yinchi menga yoqdi.
John David:
Yaxshi o‘yinchi ekan, mehnatkash, kamtarin. Endi himoya chizig‘ida bironta tanbal o‘yinchi qolmaydi. Husanov hali yana o‘zini ko‘rsatadi va ko‘tariladi.
Wasafi Bwoy Hanz:
Yangi olinganlardan eng yoqqani Husanov bo‘ldi.
Imkosi Odoi:
Husanov, “Manchester Siti”ga xush kelibsan!
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” futbolchilari “Real”ga qarshi birinchi uchrashuvni 11 fevral kuni o‘z maydonida o‘tkaziladi. Madriddagi javob bahsi 19 fevralga belgilangan.
“Roma” Shomurodovdan yana qahramonlik kutadi!
Bu ishda Husanovga teng keladigani yo‘q!
Husanov “Nyukasl”ga o‘tishi kerak edi, Fayzullaev esa...
Raneri o‘yini o‘zgargan Shomurodov haqida nimalar dedi?
Muhokamalar qahramoniga aylangan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?
Husanov “Siti”dagi bir necha futbolchini qo‘shganda ham ulardan zo‘r ekan!
Husanovning hissasi bor! FIFA transfer rekordini e’lon qildi
Raqiblar murabbiyi: Shomurodov yoqmaydi, desam ahmoq bo‘laman!
Fikrlar