
Qatarda sensatsiya ko‘rsatgan Marokash top klublarga futbolchi etkazib berishda davom etadi
"Anje" yarim himoyachisi Azzedin Unai Frantsiyaning "Marsel" klubiga o‘tishga yaqin turibdi.
Jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, jamoalar 22 yoshli futbolchining transferi shartlari bo‘yicha to‘liq kelishib olishdi.
Unga ko‘ra, transfer narxi 8 million evroni tashkil qiladi, "Anje" yana 2 millionni bonus sifatida olishi mumkin. Marokash terma jamoasi yarim himoyachisi "Marsel" bilan 2027 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma bo‘yicha kelishib oldi.
Eslatib o‘tamiz, afrikalik futbolchi Qatardagi jahon chempionatida 4-o‘rinni egallagan Marokash terma jamoasining asosiy o‘yinchilaridan biri bo‘ldi.
Liga 1ning joriy mavsumida futbolchi jamoasining 15 ta o‘yinida maydonga tushib, foydali harakatlarni amalga oshira olmadi.
Fikrlar