Qashqadaryo viloyatida "Kelajagimiz umidlari" bolalar festivali bo‘lib o‘tdi

  • 16 mart, 2019, 17:25
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
Xabaringiz bor, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamkorligida umumta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha “Kelajagimiz umidlari” festivali  tashkil etib kelinmoqda. 
 
Ana shunday festivallarning navbatdagisi Qashqadaryo viloyatida o‘tkazildi. Festivalda 200 nafarga yaqin  uchinchi va to‘rtinchi sinf o‘quvchilari ishtirok etishdi.
 
Festivallar tashkil etishdan maqsad bolajonlarni futbolga jalb qilish, mamlakatimizda futbolni ommalashtirish va umumta’lim maktab o‘quvchilari orasidan iqtidorli bolalarni tanlab olib, futbol maktablariga tavsiya qilishdan iborat.
 
Tadbir so‘nggida festival ishtirokchilariga O‘FA va viloyat futbol assotsiatsiyasi tomonidan diplomlar va esdalik sovg‘alari taqdim qilindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!