Qariya to‘purar rosa talash bo‘lyapti

  • 24 iyun, 09:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, Angliya Premer-ligasini tark etgan “Lester Siti” jamoaning eng mashhur yulduzi, “tulkilar” safida 13 yil to‘p tepgan Jeymi Vardi bilan xayrlashgan edi.

Tecno

38 yoshli to‘purar o‘ziga yangi klub tanlashi kerak. Vardiga Angliyaning o‘zidan bir qator klublardan, xususan, “Vulverxempton” va “Lids Yunayted”dan  taklif bo‘lmoqda. Biroq hujumchi o‘z faoliyati ilk bor o‘z yurtidan tashqarida to‘p tepish imkoniyatiga ham ega bo‘lmoqda.

Taniqli insayder Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqdagi o‘z sahifasida xabar berishicha, Jeymiga Ispaniya chempionatining to‘rtta klubi da’vogarlik qilmoqda.

Manbaga ko‘ra, “Sevilya”, “Valensiya”, “Vilyarreal” va “Betis” angliyalik forvardga shartnoma berishga tayyor turibdi.

Bundan tashqari, AQShning “San-Diego” va “Di-Si Yunayted” kabi klublari Jeymi Vardini o‘z kuchini MLSda sinab ko‘rishga chorlayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!