Pyanich 2 ta xalqaro o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi

  • 27 aprel, 2019, 12:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Bosniya va Gertsegovina terma jamoasi va “Yuventus” klubi yarim himoyachisi Miralem Pyanich 2 ta xalqaro o‘yinlarga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda UEFA rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Eslatib o‘tish lozimki, Pyanich Evro-2020 saralashidan o‘rin olgan Gretsiyaga qarshi o‘yinda to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olgan edi. Endi u saralashning Finlyandiya (8 iyun) va Italiyaga (11 iyun) qarshi o‘yinlarda terma jamoasiga yordam bera olmaydi.

Ma’lumot uchun, Pyanich Bosniya va Gertsegovina terma jamoasi safida hozircha 86 ta o‘yinda ishtirok etgan va 12ta gol urishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!