Pul bo‘lsa qaniydi! “Barsa”ga ikkita superhujumchini taklif qilishdi

  • 4 aprel, 11:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati 36 yoshli Robert Levandovskining o‘rnini bosa oladigan to‘purar qidirishni davom ettirmoqda.

Tecno

Sport.es saytining ma’lum qilishicha, futbol agentlari kataloniyaliklarga jamoasini o‘zgartirishi kutilayotgan ikki nafar nomzodni taklif qilgan. Ular qimmatbaho o‘yinchilar qatorida zikr etiladigan Viktor Osimxen va Dushan Vlaxovichdir.

25 yoshli Vlaxovichning “Yuventus” bilan shartnomasi bir yildan keyin tugaydi. Shu bois, turinliklar serb futbolchisini nisbatan arzonroq qo‘yib yubormoqchi. Bundan tashqari, “Yuventus” mutasaddilari Vlaxovichning transferiga “Barsa”dan o‘yinchi qo‘shishga tayyor. Lekin hozircha turinliklar o‘zlari tanlagan o‘yinchi nomini aytmayapti.

26 yoshli Viktor Osimxen “Napoli”ga tegishli. Italiya grandi rahbariyat bilan munosabati buzilgan nigeriyalik to‘purarni 75 million evrodan kamiga qo‘yib yubormaydi. Bu summa “Barselona”ga og‘irlik qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!