
PSJning 2 ta futbolchisiga La Liga klubi qiziqmoda
PSJ klubining yarim himoyachilari Leandro Paredes hamda Xese faoliyatini "Betis" klubida davom ettirishi mumkin.
Ispaniya klubi futbolchilarni ijaraga olishni mo‘ljallamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Xese o‘tgan mavsumni aynan "Betis" klubida ijarada o‘tkazgan va La Liganing 14 uchrashuvida maydonga tushib, 2 ta gol urgan.
Leandro Paredes shu yilning yanvar oyida "Zenit" klubidan 40+5 mln evroo evaziga PSJ klubiga ko‘chib o‘tgan edi. 25 yoshli futbolchi Liga 1 musobaqasida 19 ta bahsda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar