PSJda Mbappe atrofida yangi mojaro kelib chiqdi

  • 26 yanvar, 2023, 10:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ himoyachisi Presnel Kimpembe bosh murabbiy Kristof Galte uni ogohlantirmasdan sardor o‘rinbosari vazifasini Klian Mbappega olib berganidan norozi ekanini ochiq bildirdi.

Tecno

Kimpembe uzoq vaqtdan beri PSJ sardori Markinosning o‘rinbosari hisoblanadi. So‘nggi uchrashuvda bu himoyachilar o‘yinda qatnashmagani bois, sardorlik bog‘ichi Kilian Mbappega berildi.

Jurnalistlar bosh murabbiy Kristof Galtedan bu vaziyatga izoq berishni so‘radi. Unga javoban Galte Mbappe mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodirligi va yozdan beri sardor o‘rinbosari ekanini aytdi.

Kimpembe esa, ustozining gaplariga e’tiroz bildirdi.

- O‘zim haqimda juda ko‘p xabarlar o‘qiy boshladim. Yolg‘on axborotlar ko‘payib ketmasligi uchun haqiqiy vaziyatni ochiqlayman. Mbappe sardor o‘rinbosar etib tayinlangani haqida klubda hech kim meni ogohlantirgani yo‘q. Bularning bari yolg‘on. Shunga qaramay, men klub qarorini hurmat qilishga majburman, - dedi Presnel Kimpembe.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!