
PSJ yozda Drakslerni transferga qo‘ymoqchi
PSJ forvardi Yulian Draksler yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida katta ehtimol bilan jamoasini o‘zgartiradi.
L’Equipe nashri tarqatgan xabarga ko‘rga parijliklar mavsumlar oralig‘ida 25 yoshli germaniyalik futbolchi bilan xayrlashishmoqchi. Ta’kidlash kerakki, Drakslerning PSJ bilan amaldagi shartnomasi tugashiga yana 2 yil bor.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Drakslerga "Arsenal", "Liverpul", "Manchester Yunayted", "Bavariya" va "Borussiya" Dortmund kabi jamoalardan qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Yulian Draksler PSJ safiga 2017 yil “Volfsburg”dan ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum 39ta o‘yinda maydonga tushdi va 5ta gol hamda 9ta assistga mualliflik qildi.
Fikrlar