
PSJ yarim himoyachisi safga qaytdi
"Pari Sen-Jermen" yarim himoyachisi Marko Verratti jamoasining navbatdagi o‘yinida ishtirok etishi mumkin.
Parijliklar muxlislari uchun xushxabarni jamoa ustozi Kristof Galte ma’lum qildi. Unga ko‘ra, 30 yoshli italiyalik to‘liq tuzalib ketdi va yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan "Reyms"ga qarshi o‘yinda ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.
Qolaversa, himoyachi Presnel Kimpembe ham safga qaytishga yaqin va u yaqin kunlarda jamoaviy mashg‘ulotlarga kirishadi.
Eslatib o‘tamiz, PSJ ayni damda Liga 1 turnir jadvalida 19-turdan keyin peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar