
PSJ yarim himoyachisi faoliyatini "Everton"da davom ettirishi mumkin
PSJ yarim himoyachisi Karlos Soler faoliyatini APLning "Everton" klubida davom ettirishi mumkin, deya xabar berdi Florian Plettenberg.
Uning so‘zlariga ko‘ra, futbolchining o‘zi bu transferga rozi. Ammo klublar hali kelishib olgani yo‘q. Parijliklar uni 24 million evroga sotishni o‘z oldiga maqsad qilgan. Shuningdek, "Vest Xem" ham kurashda bor.
Ma’lumot uchun, Soler 2022 yili "Valensiya"dan PSJ 18 million evro evaziga ko‘chib o‘tgan. Uning jamoasi bilan tuzilgan shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi.
Fikrlar