
PSJ yangi bosh murabbiyini qachon ommaga e’lon qiladi?
L'Équipe nashri xabariga ko‘ra, "Nitsa" bosh murabbiyi Kristof Galti yaqin kunlarda PSJ boshqaruvini o‘z qo‘liga oladi.
Manbaga ko‘ra, 55 yoshli frantsiyalik mutaxassis Parij klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi. U PSJning yangi bosh murabbiyi sifatida 4 yoki 5 iyulda tanishtirilishi kutilmoqda.
Galte bu lavozimda Maurisio Pochettino o‘rnini egallaydi. Avvalroq argentinalik mutaxassis va PSJ rahbariyati amaldagi shartnomani buzganlik uchun tovon puli miqdorini kelishib olgani xabar qilingandi.
Galte o‘tgan mavsum "Nitsa" bilan Frantsiya chempionatida 5-o‘rinni egalladi. U bundan avval "Lill" va "Sent-Eten" klublarida ham ishlagan.
Fikrlar