
PSJ yana bir super transferni amalga oshirmoqchi
PSJ klubi "Chelsi" xavbeki N'Golo Kanteni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Daily Mirror nashri xabar tarqatmoqda.
Biroq, “aristokratlar” FIFA tomonidan qo‘yilgan transfer taqiqi sabab frantsiyalik futbol yulduzini sotmasliklari mumkin. Transfermarkt talqini bo‘yicha Kanteni 100 mln evroga baholamoqda.
Ma’lumot uchun, 28 yoshli Kante joriy mavsum APLda 36ta uchrashuvda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar