PSJ yana bir katta xaridni amalga oshirish ustida ishlamoqda

  • 7 avgust, 2022, 12:50
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ o‘z tarkibiga etakchi futbolchilarni qo‘shib olishda davom etadi.

Tecno

Ayni paytda Parij klubi “Napoli” yarim himoyachisi Fabian Ruisning transferini muhokama qilmoqda.

26 yoshli ispaniyalikning "adzurri" bilan shartnomasi 2023 yilning iyunida yakuniga etadi. Biroq futbolchi Neapol klubi bilan yangi bitim imzolashdan bosh tortdi. Bir yildan keyin tekinga qo‘ldan chiqarmaslik uchun "Napoli" joriy transfer oynasi paytidayoq Ruisni sotish haqida o‘ylamoqda.

“Corriere dello Sport” nashri xabariga ko‘ra, PSJ yarim himoyachi uchun bonuslar bilan birga 25 million evro taklif qilgan va hozirda klublar transfer ustida ishlamoqda.

2021/22 yilgi mavsumda Ruis A Seriyaning 32 ta uchrashuvida qatnashib, 7 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!