PSJ Verratti uchun necha million evro istamoqda?

  • 3 avgust, 2023, 11:25
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ vakili Marko Verratti faoliyatini Saudiya chempionatida davom ettirishga yaqin kelmoqda. Futbolchi "Al-Hilol" bilan 3 yillik shartnoma borasida kelishib olgan, deya xabar berdi Fabritsio Romano. 

Tecno

"RMC Sport" nashri xabar berishicha, yarim himoyachi uchun parijliklar 60 million evro istamoqda. Dastlab, Saudiya klubi 30 million evrolik taklif bilan chiqqan va rad javobini olgandi. 

Eslatib o‘tamiz, "Al-Hilol" shu paytgacha, Ruben Nevesh, Sergey Milinkovich-Savich, Malkom va Kalidu Kulibaldi kabi futbolchilarni o‘z tarkibiga qo‘shib oldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!