PSJ vakiliga A Seriyadan taklif bor

  • 30 iyun, 2023, 12:53
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ yarim himoyachisi Leandro Paredesga Italiyaning "Latsio" klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda insayder Di Martsio ma’lum qildi. Klub ayni dam tayanch yarim himoyachi qidirmoqda. Variantlar orasida "Arsenal" futbolchisi Jorjino ham bor edi. Ammo u "kanonirlar" safini tark etmasligi aniq bo‘ldi. 

Tecno

Paredesga "Latsio"dan tashqari "Galatasaroy" va Argentina klublaridan ham takliflar bor. Futbolchining o‘zi hali bir qarorga kelmagan. 

Ma’lumot uchun, Leandro yakuniga etgan mavsumni "Yuventus"da ijarada o‘tkazdi. U turinliklar tarkibida 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta golda ishtirok etdi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!