
PSJ ustozi: "Kilianning hafsalsi pir bo‘ldi"
Kristof Galte Kilian Mbappe va JCh-2022 finali haqida gapirdi.
Frantsiya terma jamoasi turnirning hal qiluvchi bahsida Argentinaga (3:3, 2:4) mag‘lub bo‘ldi.
"Men ularning xatti-harakatlariga izoh bermayman. Bu argentinaliklarning ishi. Emiliano g‘alabadan so‘ng nimalar qilgani menga qiziq emas. Eng muhimi, finalda ko‘rganlarim. Kilian va Leo qo‘l berib ko‘rishdi. Mbappe uchrashuvdan so‘ng va taqdirlash marosimidan oldin o‘zini yaxshi tutdi. U Leo hamda Argentina terma jamoasi bosh murabbiyini tabrikladi.
Messi u kabi (Martines) harakat qilmadi. Bu mavzu haqida gapirmaslik kerak. Voqealarni bir-biriga bog‘lashning keragi yo‘q. Darvozabonning xatti-harakatlariga izoh berishga majbur emasman.
Kilian mag‘lubiyatga qaramay, o‘zini juda yaxshi tutdi. To‘g‘ri, uning hafsalasi pir bo‘ldi, ammo Leoga hurmat ko‘rsatdi. Bu klub uchun foydali", - dedi PSJ ustozi.
Fikrlar