PSJ superdarvozabonga ega bo‘ladi

  • 23 dekabr, 2020, 10:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Atletiko” darvozasini mustahkam qo‘riqlab kelayotgan Yan Oblak tez orada PSJ jamoasiga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda. Parijliklar sloveniyalik darvozabonga jiddiy qiziqish bildiryapti.

Tecno

Yan Oblak ko‘proq sovrinlarga ega bo‘lish maqsadida Madrid klubini tark etishga qaror qilgan. Bundan parijliklar unumli foydalanib qolmoqchi va 27 yoshli golkiperga ma’qul keladigan shartnoma taklif qilishga tayyor.

Yan Oblak primeraning eng kam gol o‘tkazadigan darvozabonlaridan hisoblanadi. Joriy mavsumda 12 ta uchrashuvda maydonga tushgan posbon atigi besh marta to‘p o‘tkazib yubordi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yozigacha davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!