
PSJ "Real"ning eng katta rejasini barbod qilmoqchi
PSJ rahbariyati Kilian Mbappeni jamoada saqlab qolish uchun hamma narsaga tayyor.
Parij klubi Chempionlar ligasini tark etganiga qaramay, qatarlik investorlar jamoa uchun pul tikishdan to‘xtamoqchi emas. Bu haqda "L'Équipe" nashri xabar tarqatmoqda.
Mbappening o‘zi "qirollik klubi"ga o‘tmoqchi. Shunga qaramay, u "Pari Sen-Jermen" bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokara o‘tkazgan. Bu Qatar amiri Tamim bin Hamad Al-Tani iltimosiga binoan amalga oshirilgan.
U parijliklar safiga 2017 yilda "Monako"dan kelib qo‘shilgandi. Bu vaqt oralig‘ida u 206 uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga 157 gol va 78 assist yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar