PSJ prezidenti: "Seni o‘ldiraman"

  • 10 mart, 2022, 15:57
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ prezidenti Nasser Al-Xelaifi "Real"ga qarshi Evropa chempionlar ligasi javob o‘yinidan keyin janjal chiqardi.

Uchrashuv yakunlangach, funktsioner Danni Makkeli boshchiligidagi hakamlarga e’tiroz bildirish uchun "Santyago Bernabeu"ning pastki tribunasiga bordi. Yo‘l-yo‘lakay Al-Xelaifi baqirib, atrofdagi narsalarga zarba berdi. 

Oxir-oqibat Parij klubi prezidenti hakamlar xonasini topa olmay, "Real" delegati Karlos Davilaning yoniga bordi. Parijliklar prezidentini zo‘rg‘a to‘xtatib qolishdi. Madrid klubi vakila mazkur holatni videoga olishga harakat qildi. Buni ko‘rgan Nasser unga "seni o‘ldiraman", deb baqirdi. 

Eslatib o‘tamiz, kecha "Pari Sen-Jermen" "qirollik klubi"ga alamli tarzda mag‘lub bo‘lib, EChLni tark etdi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!