
PSJ prezidenti: "Enrike janjalni to‘xtatishga urindi, biroq..."
Nosir Al-Xelayfi "Chelsi" bilan o‘yin paytidagi to‘qnashuvdan so‘ng Luis Enrikeni qo‘llab-quvvatladi.
Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati finalida "Chelsi" PSJni 3:0 hisobida mag‘lub etganidan keyin, futbolchilar o‘rtasida janjal ko‘tarildi.
Janjal chog‘ida PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike "ko‘klar"ning uchinchi golini urgan hujumchisi Joao Pedroni itarib yubordi. Ispaniyalik avval braziliyalikning bo‘g‘ziga, so‘ngra yuziga qo‘l tekkizdi, natijada hujumchi yiqildi.
Holat yuzasidan PSJ prezidenti Al-Xelayfi shunday dedi: "Bizda dunyodagi eng intizomli va hurmatga sazovor murabbiy bor. U janjalni to‘xtatishga urinib, o‘zi ham unga aralashib qoldi. Murabbiylar ham hurmatga loyiqdir."
Fikrlar