
PSJ premer-liga klubidan futbolchi sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi
“Everton” klubi yarim himoyachisi Idrissa Guye PSJga ko‘chib o‘tishga juda yaqin turibdi.
Le Parisien nashri tarqatgan xabarga qaraganda klublar 29 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha kelishuvga erishishgan. Unga ko‘ra parijliklar Guye uchun 32 mln evro to‘lashadi.
Ma’lumot uchun, Guye “Everton” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan mavsum APLda jami 33ta o‘yinda ishtirok etdi va 2ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar