
PSJ "parvoz qilmoqda"
PSJ mag‘lubiyatsiz seriyasini 22 ta o‘yinga etkazdi.
Luis Enrike shogirdlari Frantsiya chempionati 24-turi doirasida "Lill"ni 4:1 hisobida taslim etdi. Bu ularning qatorasiga o‘ninchi g‘alabasi bo‘ldi.
2025 yilda parijliklar 16 uchrashuvning 15 tasida g‘alaba qozongan va bir marotaba durang o‘ynagan. Oxirgi mag‘lubiyat 26 noyabr kuni bo‘lgan. O‘shandan buyon 19 ta g‘alaba va 3 ta durang qayd etilgan.
Ma’lumot uchun, PSJning keyingi bellashuvi 5 mart kuni EChL 1/8 finali doirasida "Liverpul"ga qarshi o‘tkaziladi.
Fikrlar