PSJ Neymarning ko‘nglini topdi

  • 18 aprel, 2021, 11:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Pari Sen-Jermen” hujumchisi Neymar klub  bilan yangi shartnoma imzolashga rozilik berdi.

Tecno

Manbalar tarqatayotgan xabarlarga qaraganda, braziliyalik yulduz parijliklar bilan 2026 yilning yoziga davom etadigan va keyinchalik bir yilga uzaytirilishi mumkin bo‘lgan yangi bitim tuzadi.

PSJ rahbariyati “Barselona”ga o‘tishga harakat qilayotgan Neymarni olib qolish uchun unga yiliga 30 million evro maosh taklif qildi va futbolchi buni qabul qildi. Neymar 2017 yil “Barselona”dan 222 million evro evaziga transfer qilingan edi. Joriy mavsumda iste’dodli hujumchi jami 22 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasini 13 marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga sakkizta golli pas oshirdi.

PSJ tez kunlarda yangi shartnoma imzolanganini rasmay e’lon qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!