
PSJ muxlislari Messiga hurmatsizlik qilib, Mbappeni qo‘llab-quvvatladi
PSJ muxlislari Kilian Mbappeni qo‘llab-quvvatladi.
Liga 1 doirasida PSJ "Strasbur"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Kilian Mbappe so‘nggi daqiqalarda hal qiluvchi golni urdi.
"Collectif Ultras Paris" muxlislar jamoasi quyidagi so‘zlar yozilgan banner orqali Kilianni qo‘llab-quvvatladi: "Jahon chempionatining eng yaxshi to‘purari, haqiqiy parij "mahsuloti", chempion (JCh-2022) - bu sen".
Frantsiya terma jamoasi JCh-2022 finalida Argentinaga mag‘lub bo‘lganiga qaramay, Mbappe xet-trik muallifiga aylandi. Kilian 8 ta gol bilan mundialning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.
Fikrlar