
PSJ Messi ketganidan keyin katta ishlarga qo‘l uryapti
PSJ rahbariyati yozgi transferlar vaqtida tarkibda jiddiy o‘zgarishlar qiladigan bo‘ldi. Jamoadan Lionel Messi ketdi. Yana bir necha futbolchiga javob berib yuboriladi.
Xususan, Neymar ham o‘ziga boshqa ish joyi topishi kerak.
Klub xo‘jayinlari tarkibni asosan yosh o‘yinchilar hisobiga kuchaytirmoqchi.
L’Équipe nashrining ta’kidlashicha, parijliklar kamida etti nafar futbolchini olib keladi. Birinchilardan bo‘lib, “Sporting”da porlayotgan Mauel Ugarte transferi amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Bu o‘yinchi uchun 60 million evro sarflanadi. Klub rahbariyati skautlarga asosan erkin agentga aylanayotgan iqtidorli o‘yinchilarni topish vazifasini yuklagan.
Fikrlar