PSJ Mbappening ikki oylik maoshini urib qoldi

  • 6 iyun, 2024, 06:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ klubi jamoani tark etgan Kilian Mbappening aprel va may oylari uchun mo‘ljallangan maoshini o‘tkazib bermadi.

Tecno

Bu haqda Frantsiyaning mashhur L’Équipe nashri xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, parijliklar Mbappe jamoadan bepul ketib qolgani uchun shu yo‘l bilan yo‘qotishlarning bir qismini qoplamoqchi.

Umumiy hisobda PSJ Mbappega 80 million evro to‘lamoqchi emas.

Har ikki tomon yuristlari bu masala bo‘yicha maqbul echim topishga urinyapti. Agar ular kelisha olmasa, ishga Frantsiya futbol ligasining yuridik xizmati vakillari jalb qilinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!