PSJ Mbappeni katta summaga “uxlatdi”

  • 29 may, 2024, 18:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ rahbariyati va klubni tark etishini e’lon qilgan Kilian Mbappe o‘rtasida yana ziddiyat kelib chiqdi.

Tecno

L’Equipe nashrining ma’lum qilishicha, klub xo‘jayini Nasser Al-Xelaifiyga 25 yoshli forvardning “Real”ga erkin agent sifatida bepul o‘tib ketayotgani yoqmayapti.

Manbaga ko‘ra, Al-Xelaifiy Mbappega umumiy hisobda 80 million evro miqdoridagi maosh va bonus pullarini to‘lashdan bosh tortdi. Ya’ni, klub Mbappega aprel oyi uchun maosh va fevralda o‘yinchiga va’ada qilingan katta miqdordagi mukofot pulini bermagan.

Ayni paytda Kilian Mbappe manfaatlarini himoya qilayotgan yuristlar to‘lovlarni undurish bo‘yicha ish boshladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Асманов Асман
30/05/2024 08:03
Ами чиксин Хелайфи далбанди