
PSJ Mbappega "Barselona"dan o‘rinbosar topdi
PSJ klubi rahbariyati hujumchi Kilian Mbappening jamoadan ketishiga tayyorlanmoqda.
Sport.es hamda FourFourTwo nashrlarining xabar berishicha parijliklar Mbappe o‘rniga "Barselona" forvardi Antuan Grizmanni olib kelishmoqchi. Biroq, ular birinchi navbatda baribir imkon qadar Kilianni tarkibda olib qolishga urunishadi.
Eslatib o‘tamiz, Mbappe uchun “Real” va “Liverpul” klublari jiddiy kurash olib bormoqda.
Ma’lumot uchun, “Barselona” Grizmanni o‘tgan yozgi transferlar davrida “Atletiko”dan 120 mln evroga sotib olgan edi. U joriy mavsum 15ta o‘yinda 4ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar