PSJ darvozaboni La Liga klubiga o‘tdi

  • 28 avgust, 13:38
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyaning "Vilyarreal" klubi rasmiy saytida "Parij Sen-Jermen" darvozaboni Arnau Tenasni sotib olganini e’lon qildi. Darvozabonning klub bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.

Tecno

Avvalroq, Tenasning transfer summasi 2,5 mln evroni tashkil etishi xabar qilingandi. 24 yoshli ispaniyalik o‘tgan mavsumda PSJ safida barcha musobaqalarda 2 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol o‘tkazib yuborgan. Tenas "Vilyarreal"ning asosiy jamoasidagi uchinchi darvozabonga aylanadi. Mavsum boshida asosiy darvozabon Luis Junior, zaxira darvozabon esa 23 yoshli Ruben Gomes edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq PSJ ushbu transfer oynasida italiyalik Janluiji Donnarumma bilan xayrlashishi katta ehtimol bilan ma’lum bo‘lgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!