"Professor" g‘alabali yurishini davom ettirmoqda
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida erkaklar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqaning chorak finalida 11 nafar bokschimizning janglari rejalashtirilgandi.
-51 kg vaznda ishtirok etayotagan Hasanboy Do‘smatov va Tojikiston vakili Meroj Sufijonov o‘rtasidagi bahs nihoyasiga etdi. To‘liq 3 raund davom etgan bahsda Hasanboy raqibini bir bor nokdaun holatiga tushirib, yakunda 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda yana bir hamyurtimiz Xo‘janazar Nortojiev hamda Jirair Sarisyan (Armaniston) to‘qnashuvi kutib turibdi.



Fikrlar