Pro liganing to‘purarlar ro‘yxatida peshqadam o‘zgardi

  • 14 iyun, 2022, 20:55
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Pro ligada to‘purarlar o‘rtasidagi kurash ham tobora qizg‘in tus olyapti. 12-turidan keyin ushbu poygada peshqadam o‘zgardi.

Bungacha “Buxoro” hujumchisi Ro‘zim Ahmedov bilan “Turon” to‘purari Humoyun Murtazoev hisobida 8 tadan gol mavjud edi.

Bu turda aynan ularning jamoalari Yaypanda o‘zaro to‘qnash keldilar. O‘yin taqdirini esa Murtazoevning kiritgan ikkita goli hal qildi va shu tariqa uning o‘zi ham Ahmedovni ortda qoldirib, gollari sonini 10 ta etkazib, endi yakka to‘purar bo‘lib turibdi.

Qizig‘i, to‘purarlar ro‘yxatida uch nafar legioner futbolchining borligi ham e’tiborga molik. Mikola Agapov, Roki Marchiano hamda Song Longji ham gol urish salohiyatini namoyish etmoqdalar. 

pro tupurarlar

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!