
"Prezident kubogi": 3-tur uchrashuvlari prevyusi
Toshkentda "Prezident kubogi" turniri davom etmoqda. 3-bor o‘tkazilayotgan musobaqaning mukofot jamg‘armasi 75000 AQSh dollarini tashkil etadi.
Turnir 2 guruhda o‘tkazilmoqda. "A" guruhida reytingi 2250 va undan yuqori reytingli shaxmatchilar ishtirok etsa, "B" guruhida reytingi 2249 va undan past reytingli shaxmatchilar qatnashmoqda. Har bir o‘yin 90 daqiqa va har bir yurish uchun 30 sekund vaqt qo‘shib boriladi.
Demak, quyida 3-turda bo‘lib o‘tadigan asosiy o‘yinlar ro‘yxati bilan tanishib chiqishingiz mumkin:
Muhiddin Madaminov - Nodirbek Abdusattorov (Ikkisi ham O‘zbekiston)
Pranesh - Ortiq Nig‘matov (Hindiston)
Javohir Sindarov - Mihail Nikitenko (FIDE bayrog‘i ostida)
Shamsiddin Vohidov - Ulug‘bek Tillaev (Ikkisi ham O‘zbekiston)
Hamdamova Afruza - Rai Garv (Hindiston)
Bala Chandra Prasad - Nodirbek Yakubboev (Hindiston)
Begmurotov Humoyun - Ivan Zemlyanski (FIDE bayrog‘i ostida)
Quyida qur’aning to‘liq natijalari bilan tanishing:
https://chess-results.com/tnr1064998.aspx?lan=11&art=2&rd=3&fedb=UZB&turdet=YES&flag=30
Qayd etish lozim, kecha bo‘lib o‘tgan o‘yinlarda etakchi shaxmatchilarimizdan hisoblangan Nodirbek Abdusattorov ikkinchi turda Sahib Sinhini mag‘lub etgan bo‘lsa, Javohir Sindarov Chu Ve Chaoni taslim qildi. Shuningdek, Nodirbek Yakubboev o‘z bahsida durang o‘ynadi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur turnirning 3-tur bahslari bugun 14:00da start oladi.
Kechagi kundan fotogalereya:



















Fikrlar