"Prezident kubogi": 2-tur uchrashuvlari prevyusi

  • 22 noyabr, 2024, 10:39
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Shaxmat
BEPUL PROPAN

Toshkentda "Prezident kubogi" turniri davom etmoqda. 3-bor o‘tkazilayotgan musobaqaning mukofot jamg‘armasi 75000 AQSh dollarini tashkil etadi.

Turnir 2 guruhda o‘tkaziladi. "A" guruhida reytingi 2250 va undan yuqori reytingli shaxmatchilar ishtirok etsa, "B" guruhida reytingi 2249 va undan past reytingli shaxmatchilar qatnashadi.

Har bir o‘yin 90 daqiqa va har bir yurish uchun 30 sekund vaqt qo‘shib boriladi.

Demak, quyida 2-turda bo‘lib o‘tadigan asosiy o‘yinlar ro‘yxati bilan tanishib chiqishingiz mumkin: 

Nodirbek Abdusattorov - Sahib Singh (Hindiston) 
Ortiq Nig‘matov - Maghsodlo Parham (Hindiston) 
Almas Rahmutullaev - Nihal Sarin (Hindiston) 
Nodirbek Yakubboev - Hu Minghui (Xitoy) 
Muhiddin Madaminov - Alua Nurman (Qozog‘iston) 
Ulug‘bek Tillaev - Praneth Vupala (Hindiston) 
Shamsiddin Vohidov - Meruert Kamalidenova (Qozog‘iston) 
Saidakbar Saydaliev - Ravan Aliev (Ozarbayjon) 
Suyarov Muhammadzohid - Afruza Hamdamova (Ikkisi ham O‘zbekiston) 
Toir Vohidov - Jubin Jimmi (Hindiston) 
Humoyun Begmurodov - Suleyman Suleymanli  
Muhammadali Abdurahmonov - Vishal Shah (Hindiston) 
Akbarali Abdurahimov - Seyid Kian (Eron) 
Abdimalik Abdisalimov - Rajesh Nayak (Hindiston) 
Akmal Fayzullaev - Tran Gia Puch (Vetnam) 

Qayd etish lozim, kecha bo‘lib o‘tgan o‘yinlarda etakchi shaxmatchilarimizdan hisoblangan Nodirbek Abdusattorov ilk turda hindistonlik raqibini mag‘lub etgan bo‘lsa, Javohir Sindarov FIDE bayrog‘i ostida dona surayotgan raqibini taslim qildi. Shuningdek, Nodirbek Yakubboev ham o‘z bahsida zafar quchdi. Faqatgina Shamsiddin Vohidov hindistonlik Ethan Vaz bilan bo‘lgan o‘yinda raqibi bilan durangga imzo chekdi. 

Eslatib o‘tamiz, mazkur turnirning 2-tur bahslari bugun 14:00da start oladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!