
Prevyu. "Qizilqum" - "Surxon"
Navoiyning "Qizilqum" klubi mavsumdagi uy uchrashuvlarini Samarqandda boshlaydi. Ushbu jamoa ilk turni Termizning "Surxon" jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Jamoalar O‘zbekiston Oliy liga tarixida o‘zaro 22 marta to‘qnash kelgan, shundan "Surxon" 10 marotaba g‘alaba qozondi, 5 ta o‘yinda durang qayd etildi va 7 marotaba "Qizilqum" g‘alaba qozondi. To‘plar nisbati — 24:20, "Surxon" foydasiga.
O‘tgan yilgi mavsumda ikkala jamoa mezbon sifatidagi uchrashuvlarda g‘alaba qozonishgan.
Eslatib o‘tamiz, "Qizilqum"ga serbiyalik Nikola Lazarevich bosh murabbiy etib tayinlandi. U uch yildan keyin yana navoiyliklar boshqaruvini o‘z qo‘liga oldi. "Surxon"ga qarshi bahs Lazarevichning "Qizilqum"ga ikkinchi bor qaytganidan keyingi birinchi rasmiy o‘yiniga aylanadi.
Fikrlar