Prevyu. "Al-Ittihod" - OKMK

  • 17 sentabr, 2023, 17:41
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichi, 1-tur doirasida OKMK Jiddada Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" jamoasi mehmoni bo‘ladi.

Tecno

"Al-Ittihod" jamoasi 1928-yilda tashkil topgan. "Yo‘lbarslar" 9 karra mamlakat chempioni, 7 karra Valiahd Shahzoda kubogi, 3 karra Saudiya Arabistoni kubogi va 2 karra Osiyo Chempionlar ligasi g‘olibi sanaladi.

Jamoa ayni damda ichki chempionat bahslarida 6 o‘yindan so‘ng 15 ochko bilan 2-o‘rinda ketmoqda. Hozirda "Al Ittihod" jamoasini portugaliyalik Nunu Eshpiritu Santu bashqaradi. Tarkibda Karim Benzema, N'Golo Kante, Fabino, Luiz Felipe, Abdurazzoq Hamdalla kabi nomdor futbolchilar to‘p tepadi.

"Al Ittihod" — OKMK uchrashuvi 18-sentyabr kuni Jiddadagi "Shahzoda Abdulloh Al-Faysal" stadionida mahalliy vaqt bilan 19:00da, Toshkent vaqti bilan esa 21:00da start oladi.

Bosh hakam: Kimira Hiroyuki (Yaponiya)
Yordamchi hakamlar: Nishihashi Isao, Takagi Takumi (Yaponiya)
Zaxira hakami: Hiroki Kasahara (Yaponiya)
Hakamlar nazoratchisi: Saad Alfadhli (Quvayt)
Komissar: Ali Jebril (Falastin).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!