
Portugaliya bosh murabbiyi Ronalduning zaxirada qoldirilgani borasida gapirdi
Jahon chempionati nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan Portugaliya va Shveytsariya jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvda portugallar 6:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Ushbu o‘yin yakuniga etgach, portugallar bosh murabbiyi Fernandu Santush Ronalduning zaxirada qoldirilgani haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Krishtianu haqiqiy professional sardor ekanini namoyish etdi. U umuman muammo keltirib chiqarmadi.
Biz o‘yin oldidan gaplashib olgandik. U qarorim bo‘yicha tushunmovchilik yo‘q ekanini aytdi. Ronaldu har taraflama yosh futbolchilarga o‘rnak bo‘la oladi va kecha u shuni isbotladi", - dedi mutaxassis.
Fikrlar