
Pogba Manchester derbisiga qadar safga qaytishi mumkin
Ingliz nashrlari sentyabrdan buyon tovonidagi jarohatidan davolanayotgan "Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Polya Pogbaning qachon safga qaytishi mumkinligi haqida ma’lum qilishdi.
Jumladan, ESPN tarqatgan xabarga ko‘ra 26 yoshli futbolchining oyog‘idagi gips olib tashlangan. U 7 dekabr kuni bo‘ladigan “Manchester Siti”ga qarshi derbiga qadar safga qaytishi mumkin.
Shuningdek iyul oyidagi yig‘in paytida jarohat olgan Erik Bayi ham tez orada safga qaytishi kutilmoqda. U FIFA kunlaridan so‘ng yakka tartibda shug‘ullanishni boshlaydi.
Fikrlar