
Pogba ertangi o‘yinda MYu ga yordam berolmaydi
"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Ule Gunnar Sulsher ertaga UEFA Evropa ligasi guruh bosqichining 2-turidan o‘rin olgan Gollandiyaning "AZ Alkmar" klubiga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yin uchun qaydnomani e’lon qildi.
E’tiborlisi, ushbu bahsda "qizil iblislar" etakchisi Pol Pogba jarohati sabab ishtirok etolmaydi.
Darvozabonlar: de Xea, Romero, Grant;
Himoyachilar: Dalot, Lindelyof, Maguayr, Tuanzebe, Roxo, Uilyams;
Yarim himoyachilar: MakTominey, Matich, Fred, Garner, Pereyra, Mata, Lingard, Gomes, Djeyms;
Hujumchilar: Chon, Reshford, Grinvud.
Ma’lumot uchun, "AZ Alkmaar" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi 3 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:55 da boshlanadi.
Fikrlar