
Pochettino: "VAR nimaga qarayapti, tushuntirib beringlar"
EChL 1/8 finalidan o‘rin olgan "Real" - PSJ uchrashuvidan so‘ng parijliklar bosh murabbiyi Maurisio Pochettino o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Aytishicha, Benzemaning birinchi golida Donnarummaga nisbatan qo‘pollik ishlatilgan.
"Menga qiziq, bunaqa paytda VAR nimaga e’tibor qaratdi? Kimdir menga buni tushuntirib berishi kerak.
Benzemaning birinchi golida Donnarummaga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Bu vaziyatni qayta-qayta ko‘rib chiqdim.
Bunday xatolarni qabul qilish oson emas. Men buni unuta olmayman. Axir fol borligini aniq ko‘rdim", - dedi argentinalik mutaxassis.
Fikrlar