Pochettino: "Nkunkuning ertaga tarkibda bo‘lishi ehtimoli yuqori"

  • 15 dekabr, 2023, 19:17
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" vakili Kristofer Nkunku ertaga londonliklar safida ilk bor maydonga tushishi kutilmoqda. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Maurisio Pochettino matbuot anjumanida gapirib o‘tdi. 

Tecno

"Ha, uning ertaga tarkibda bo‘lishi ehtimoli yuqori. Biroq unga bosim yuklash niyatida emasmiz. Menimcha, Kristofer shu vaqtga qadar APL havosidan yaxshigina bahramand bo‘ldi. 

Endi u nazariy tomonlama chempionat bilan tanish hisoblanadi. Nkunkuning qaytgani biz uchun quvonchli xabar, chunki bizda lazaretdagi futbolchilar soni etarlicha", - dedi argentinalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, Nkunku "Chelsi"ga "Leyptsig"dan 80 million evro evaziga ko‘chib o‘tgandi. Jarohat olgani sabab futbolchi hali "aristokratlar" tarkibida rasmiy o‘yinda maydonga tushmadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!