
Pochettino: "Masxaraboz emasman, murabbiyman"
"Chelsi" va "Manchester Yunayted" uchrashuvida kiritilgan so‘nggi goldan keyin "aristokratlar" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino va uning yordamchilari ehtiroslarini yashirib o‘tirishmadi. Argentinalik mutaxassisga esa o‘yindan keyin bu borada savol berildi.
"Ehtiros - aqldan ozgan odamni anglatmaydi. Men xotirjam bo‘lishim kerak, chunki Evropaning eng top klublardan birini boshqaraman. Men masxaraboz emasman, murabbiyman. Agarda sizga masxaraboz kerak bo‘lsa, tsirkka boring", - dedi Pochettino.
Eslatib o‘tamiz, mazkur g‘alaba orqali "Chelsi" o‘zining 7 yillik qora an’anasiga ham nuqtani qo‘ydi.
Fikrlar